O'zbekiston

Choponlar orasiga yashirilgan gashish: Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

Andijon va Surxondaryo viloyatlarida yirik miqdordagi giyohvandlik moddalari savdosiga chek qo‘yildi.

Choponlar orasiga yashirilgan gashish: Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

 

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Andijon va Surxondaryo viloyatlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

 

Xususan, DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan, avval ham giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsning uyini ko‘zdan kechirgan.

 

Natijada xonadondan 1 kg 157 gr “gashish” moddasi hamda 1 946 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi topilgan. Shuningdek, tezkor tadbir davomida ushbu shaxsdan “Regapen” sotib olmoqchi bo‘lgan 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro ham ushlangan. Uning yonidan 1,5 gr “gashish” va 2 dona “Regapen” dori vositasi olingan.

 

Surxondaryo viloyatida esa DXX boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida katta miqdordagi giyohvandlik vositasi savdosiga chek qo‘yildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Termiz xalqaro savdo markazida kuzatuvga olingan 1986-yilda tug‘ilgan Afg‘oniston fuqarosi choponlar orasiga yashirib, O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan olib kirgan 6 kg 342 gr “gashish” moddasini 15 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Tadbir Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

 

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Andijondagi holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi, Surxondaryodagi holat bo‘yicha esa 246-moddaning 2-qismi hamda 273-moddaning 6-qismi “a” bandi bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Miya qon quyilishi va falajlik: Turkiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol vatanga qaytarildi

Miya qon quyilishi va falajlik: Turkiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol vatanga qaytarildi

Istanbuldagi shifoxonalardan birida davolanayotgan o‘zbekistonlik ayol ukasi hamrohligida O‘zbekistonga olib kelindi.

Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: manzillar ma’lum qilindi

Hududlarda gaz taqsimlash punktini demontaj qilish ishlari olib boriladi.

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

Ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish natijalari asosida qayta hisoblangan.

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

2030-yilgacha ozuqa yetishtirish hajmini 90 mln tonnaga yetkazish, 100 dan ortiq ozuqa markazini tashkil etish va chorvachilik uchun yangi subsidiyalar joriy qilish taklif etildi.

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha kichik biznesning bandlikdagi ulushini 80 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish oshdi: hududlar reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish oshdi: hududlar reytingi e’lon qilindi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga oshdi.

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Partiya elektoratini kengaytirish jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini siyosiy maydonda ifoda etish bilan izohlandi.

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Ilk bor o’tkazilayotgan ushbu tadbirda O’zbekistondagi mehmonxona biznesi, kurort va rekreatsiya infratuzilmasi sohasidagi istiqbolli loyihalar, shuningdek, investorlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etiladi.