O'zbekiston

Miya qon quyilishi va falajlik: Turkiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol vatanga qaytarildi

Istanbuldagi shifoxonalardan birida davolanayotgan o‘zbekistonlik ayol ukasi hamrohligida O‘zbekistonga olib kelindi.

Miya qon quyilishi va falajlik: Turkiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol vatanga qaytarildi

 

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi, Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi hamda faol vatandoshlar hamkorligida og‘ir ahvoldagi o‘zbekistonlik ayolning vatanga qaytishi tashkil etildi.

 

1981-yilda tug‘ilgan M.K. mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Turkiyaga borib, uzoq vaqt davomida bola parvarishi bilan shug‘ullangan. Biroq kutilmaganda bosh miyasiga qon quyilishi oqibatida tanasining chap qismi falajlanib, Istanbuldagi shifoxonalardan birida davolanishga majbur bo‘lgan.

 

Ayolga qarash va davolanish jarayonida yordam berib kelgan ukasi hamrohligida uni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilgan.

 

Bemorni vatanga xavfsiz olib kelish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida Respublika tez tibbiy yordam markazining ikki nafar mutaxassisi Istanbulga yuborilgan.

 

Tibbiyot xodimlari ayolni O‘zbekistonga qaytarish jarayonida, jumladan, aviaparvoz davomida ham uning ahvolini muntazam nazorat qilib, zarur tibbiy yordam ko‘rsatib borgan.

Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: manzillar ma’lum qilindi

Hududlarda gaz taqsimlash punktini demontaj qilish ishlari olib boriladi.

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

Ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish natijalari asosida qayta hisoblangan.

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

2030-yilgacha ozuqa yetishtirish hajmini 90 mln tonnaga yetkazish, 100 dan ortiq ozuqa markazini tashkil etish va chorvachilik uchun yangi subsidiyalar joriy qilish taklif etildi.

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha kichik biznesning bandlikdagi ulushini 80 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish oshdi: hududlar reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish oshdi: hududlar reytingi e’lon qilindi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga oshdi.

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Partiya elektoratini kengaytirish jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini siyosiy maydonda ifoda etish bilan izohlandi.

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Ilk bor o’tkazilayotgan ushbu tadbirda O’zbekistondagi mehmonxona biznesi, kurort va rekreatsiya infratuzilmasi sohasidagi istiqbolli loyihalar, shuningdek, investorlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etiladi.

198 davlat orasida e’tirof: O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida

198 davlat orasida e’tirof: O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida

2026-yilgi Global Peace Index natijalarida ham O‘zbekiston dunyoning tinch mamlakatlari qatorida qayd etilgan.