O'zbekiston

Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: manzillar ma’lum qilindi

Hududlarda gaz taqsimlash punktini demontaj qilish ishlari olib boriladi.

Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: manzillar ma’lum qilindi

 

2026-yil 26-noyabr kuni Toshkentning Yangihayot, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlaridagi ayrim hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

 

Yangihayot tumanidagi “Chortoq” MFY Umid ko‘chasida gaz taqsimlash punktini demontaj qilish ishlari sababli soat 11:00 dan 16:00 ga qadar 75 ta xonadon va 4 ta ulgurji iste’molchida gaz ta’minoti uziladi.

 

Mirzo Ulug‘bek tumanida esa Salarbo‘yi kanali bo‘yida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan o‘rta bosimli gaz quvuri xavfsiz hududga ko‘chiriladi. Shu sababli soat 10:00 dan 17:00 ga qadar “Oqibat”, “Shahrisabz”, “Nur” va “Mustaqillik” MFYlarining quyidagi ko‘chalarida gaz bo‘lmaydi:

  • Asaka;

  • Y. G‘ulomov;

  • S. Azimov;

  • H. Olimjon;

  • “O‘zbekiston ovozi”;

  • Shahrisabz;

  • Markaz-1 va Markaz-2.

 

Ushbu hududlarda 43 ta yerli xonadon, 52 ta ko‘p qavatli uy (3 196 ta xonadon) hamda 62 ta ulgurji iste’molchi gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi.

 

Yashnobod tumanidagi “To‘ytepa” MFYning Elbek va Istiqlol ko‘chalarida ham gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu hududda uzilish soat 10:00 dan 17:00 ga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Natijada 80 ta yerli xonadon, 68 ta ko‘p qavatli uy (3 210 ta xonadon) va 35 ta ulgurji iste’molchi gazsiz qoladi.

 

Rejalashtirilgan ishlar yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda, iste’molchilarni xabardor qilib, bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Miya qon quyilishi va falajlik: Turkiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol vatanga qaytarildi

Miya qon quyilishi va falajlik: Turkiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol vatanga qaytarildi

Istanbuldagi shifoxonalardan birida davolanayotgan o‘zbekistonlik ayol ukasi hamrohligida O‘zbekistonga olib kelindi.

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

Ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish natijalari asosida qayta hisoblangan.

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

2030-yilgacha ozuqa yetishtirish hajmini 90 mln tonnaga yetkazish, 100 dan ortiq ozuqa markazini tashkil etish va chorvachilik uchun yangi subsidiyalar joriy qilish taklif etildi.

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha kichik biznesning bandlikdagi ulushini 80 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish oshdi: hududlar reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish oshdi: hududlar reytingi e’lon qilindi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga oshdi.

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Partiya elektoratini kengaytirish jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini siyosiy maydonda ifoda etish bilan izohlandi.

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Ilk bor o’tkazilayotgan ushbu tadbirda O’zbekistondagi mehmonxona biznesi, kurort va rekreatsiya infratuzilmasi sohasidagi istiqbolli loyihalar, shuningdek, investorlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etiladi.

198 davlat orasida e’tirof: O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida

198 davlat orasida e’tirof: O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida

2026-yilgi Global Peace Index natijalarida ham O‘zbekiston dunyoning tinch mamlakatlari qatorida qayd etilgan.