Kuchli uchlik Ikardi uchun kurashmoqda
“PSJ” hujumchisi Mauro Ikardiga A Ceriya klublari qiziqish bildirmoqda.

“Calciomercato” nashrining xabariga ko‘ra, 29 yoshli argentinalik futbolchi nomzodini “Milan”, “Napoli” va “Roma” klublari ko‘rib chiqmoqda. “Milan” hujum chizig‘ini yoshartirmoqchi, “Napoli” va “Roma” esa markaziy hujumchi pozitsiyasida raqobatni kuchaytirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Ikardi “PSJ”ga 2019 yilda “Inter” klubidan kelib qo‘shilgandi. Parijliklar avvaliga futbolchini bir yilga ijaraga olgandi, keyin esa 50 million yevro evaziga to‘liq transferni amalga oshirishdi.
Joriy mavsumda Ikardi Fransiya 1-ligasining 20 ta o‘yinida 4 ta gol muallifiga aylandi. Hujumchining shartnomasi 2024-yilda tugaydi. Transfermarkt Ikardining narxini 28 million yevroga baholamoqda.
Avvalroq, Messi koronavirus yuqtirib olgani va Draksler “PSJ” uchun keraksiz futbolchiga aylangani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







