Jahon

Sanksiyalar marafoni boshlandi: AQSH DXR va LXR bilan savdoni taqiqladi

Shuningdek, Moskva tomonidan mustaqillikning tan olinishi milliy xavfsizlikka tahdid sifatida baholangan.

Sanksiyalar marafoni boshlandi: AQSH DXR va LXR bilan savdoni taqiqladi

 

Jozef Bayden Rossiyaning Ukraina sharqidagi DXR va LXR mustaqilligini tan olishi munosabati bilan sanksiyalar to‘g‘risida qaror imzoladi.

Bu haqda TASS xabar berdi. 

 

Ushbu hujjatda amerikaliklarga Donbassga investitsiya va moliya manbalari kiritishini taqiqlab qo‘ydi. Shuningdek, bu ikki tan olinmagan hududiy birliklar bilan savdo qilish ham man etildi.

Bundan tashqari qaror prezident administratsiyasiga DXR va LXRda faoliyat olib borayotgan har qanday shaxsga sanksiya joriy etish huquqini bergan.

 

Hujjatda Rossiyaning ushbu ikki hudud suverenitetini tan olishini Ukraina hududiy yaxlitligiga tahdid siqatida baholangani va Moskvaning Minsk kelishuvlaridaga majburiyatlariga zid ekani aytilgan.

Shu bilan birga bu qadam Qo‘shma shtatlar milliy xavfzisligiga favqulodda xavf sifatida baholangan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Putin 21 fevral kuni Rossiya xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqirdi.

 

Unda DXR va LXR mustaqilligini tan olish masalasi ko‘rib chiqildi. Shundan keyin u Rossiya xalqiga murojaat qilib, bu ikki hudud suverenitetini tan olishini eʼlon qildi. Shu kunning o‘zidayoq DXR va LXR bilan do‘stlik va ittifoqchilikni ko‘zda tutuvchi bitim imzolandi.

Bu RFga Ukraina sharqiga qo‘shin kiritish huquqini beradi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"