Jamiyat

Migrantlarga imtiyozlar berilishi mumkin

"Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi tasdiqlandi.

Migrantlarga imtiyozlar berilishi mumkin

 

Hozirgi paytda mamlakatimizdan xorijiy davlatlarga borib mehnat qilayotgan fuqarolar anchagina. Ularning haq-huquqlari, manfaatlarini himoya qilishda sohadagi huquqiy hujjatlar alohida ahamiyatga ega.

 

"Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ko‘pchilik kutayotgan muhim hujjatlardan biridir.  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun bo‘lib o‘tayotgan majlisida dastlab  "Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

 

Ushbu qonun loyihasida tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanyapti.

 

Sohada qo‘llanilib kelinayotgan tushunchalarning mazmun-mohiyati ochib berilmoqda. 

 

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarni reintegratsiya qilish tartibi tizimlashtiriladi. 

 

Bundan tashqari, qonun loyihasida ko‘zda tutilayotgan normalar bilan mehnat migrantlariga muayyan imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilmoqda.
 

Deputatlar qonun loyihasining ahamiyatini, ikkinchi o‘qishda bildirilgan taklif-tavsiyalarning loyihada aks ettirilganligini alohida taʼkidlashdi.

Migrantlarga imtiyozlar berilishi mumkin | Zamon.uz