0

Iordaniyada to‘qqiz ming yillik yodgorlik topildi

U ovchilar ibodatxonasi bo‘lganligi aytilmoqda.

Iordaniyada to‘qqiz ming yillik yodgorlik topildi

 

"Bu joy eng avvalo saqlanib qolingani uchun ham ahamiyatli. Uning yoshi 9 ming yildan ortiq va deyarli zarar ko‘rmagan",– degan iordaniyalik arxeolog Voil Abu-Aziz. Ibodatxona ichida ikki o‘ymakor tosh topilgan. Ularning birida “sahro varragi" tasviri bor. Shuningdek, u yerda qurbonlik keltiriladigan joy,o‘choq, dengiz chig‘anoqlari va ohu ovlash uchun ishlatilgan qopqonning ixcham modellari ham aniqlangan.

 

Tadqiqotchilar bu yodgorlik neolit davridagi maʼnaviy madaniyatga oid yangi maʼlumotlar taqdim etadi. Ibodatxona qadimgi ovchilar makoni yaqinidan ov qopqonlari topilgani undan foydalangan odamlar ovchilik bilan shug‘ullanganligini bildiradi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxorodagi masjid shiftidan noyob bitiklar va Qurʼonning 200 yil ilgari yozilgan qo‘lyozmasi topilgani to‘g‘risida xabar qilingandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"