O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Fayzullayev vafot etdi
U "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi" unvoni bilan ham taqdirlangan.

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi Ibrohim Fayzullayev 89 yoshida vafot etdi.
Bu haqda Denov tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Uzoq yillar tumandagi S. Rahimov nomli jamoa xo‘jaligini boshqargan I.Fayzullayev 1933 yilning 25 avgustida Denov tumanining Qayirma qishlog‘ida tug‘ilgan.
I.Fayzullayevning davlatimiz va xalqimiz oldidagi ulkan xizmatlari munosib taqdirlandi. 1996 yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvonlari bilan mukofotlangan edi.







