Jahon

Roskomnadzor rossiyaliklarning Facebookka kirishini cheklaydi

Ijtimoiy tarmoq "inson  huquq va erkinliklarini buzish"da ayblanmoqda.

Roskomnadzor rossiyaliklarning Facebookka kirishini cheklaydi

 

Roskomnadzor Rossiyada Facebook’ga kirishni qisman cheklashga qaror qildi. Bungacha ijtimoiy tarmoq mahalliy OAV akkauntlarini cheklagan edi. Bu haqda Roskomnadzor matbuot xizmati xabar berdi. 

 

“24-fevral kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i Rossiyaning to‘rtta ommaviy axborot vositalari: Zvezda telekanali, RIA Novosti axborot agentligi, Lenta.ru va Gazeta.ru internet saytlarining rasmiy akkauntlarini chekladi”, — deyiladi nazorat organi bayonotida.

 

Roskomnadzor 2022-yil 25-fevraldan boshlab ijtimoiy tarmoqqa kirishni qisman cheklaydi.

 

Avvalroq Rossiya Google kompaniyasini qariyb 100 million dollar jarimaga tortgan edi. Moskvada sud Amerika korporatsiyasini Rossiya qonunchiligini qayta-qayta buzganlikda aybdor deb topdi.

 

Bungacha Rossiyada Twitter sekinlashgan edi. Roskomnadzor Amerika ijtimoiy tarmog'ini Rossiya Federatsiyasi hududida butunlay blokirovka qilish bilan tahdid qilmoqda. Taxminlarga ko'ra, 2017 yildan beri Twitter nomaqbul kontentni o'chirish bo'yicha so'rovlarni e'tiborsiz qoldirib kelmoqda.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"