Jamiyat

Shifokor bemorining onasini "to‘shakka taklif qildi"

Voqea Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida sodir bo‘lgan.

Shifokor bemorining onasini "to‘shakka taklif qildi"

 

Bu haqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati Zamon.uz'ga maʼlum qildi.

 

Aniqlanishicha, markazda Nevrologiya bo‘limi mudiri vazifasida ishlagan K.R. tibbiyot xodimiga noloyiq xatti-harakatlarni sodir etadi.

U bo‘limda davolangan ikkinchi guruh nogironi G.I.ning onasi T.L.ni farzandining davolangani haqidagi kasallik varaqasi (ko‘chirma)ni bermay, uni bir yarim oy davomida sarson qiladi.

Shifokor ayolga u bilan jinsiy aloqa qilsagina farzandining kasallik varaqasini berishini aytadi.

 

Birgina qog‘ozni berish uchun xirsini qondirishni maqsad qilgan shifokor niyatiga yetolmadi. 2022-yilning 12-fevral kuni Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Navoiy shahar “Guliston-2” MFY 2-uyning beshinchi qavatidagi raqamsiz xonadonga K.R. o‘zi bilan T.L.ni olib kirgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 121-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shifokor bemorining onasini "to‘shakka taklif qildi" | Zamon.uz