Jizzaxda elektr energiyadan noqonuniy foydalangan tashkilot aniqlandi
4 milliard 79 million so‘m miqdorida elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

Jizzax viloyatida isteʼmolchilarning elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida “Jizzax suv ta‘minoti” MCHJga qarashli “Qo‘ytosh” tumanlararo suv taʼminoti bo‘limi tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi oylik hisobotlarda ko‘rsatmay yashirib kelinganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan elektr taʼminoti korxonasi tomonidan 9 079 988 kVt.soatning hisoboti yuzasidan qayta tekshiruv o‘tkazildi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 45 mingdan ortiq xonadonning o‘rtacha 1 oylik isteʼmolini tashkil qiladi.
Qoidabuzarlikka qonuniy chora ko‘rilishi uchun hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.







