O‘zbekistonga Rossiyadan muntazam aviaqatnovlar soni oshirilmoqda
Rossiya 14 martdan boshlab Cherepoves xalqaro aeroportidan 16 davlatga muntazam reyslar sonini oshirishni rejalashtirmoqda.

Parvozlar soni Hindiston, Serbiya, Tailand, Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Vetnam, Iroq va Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Maldiv orollari, Mo‘g‘uliston, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va O‘zbekistonga ko‘paytirilmoqda.
"Cherepoves xalqaro aeroportidan zarur sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishini hisobga olgan holda, xalqaro havo qatnovi tiklangan Rossiyaning boshqa nuqtalari uchun belgilangan chastotali yo‘nalishlarga parvozlarni qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi", – deyiladi xabarda.







