Jamiyat

Toshkent – Boku – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda

Parvozlar haftada 1 marta amalga oshiriladi.

Toshkent – Boku – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda

 

2022 yil 8 martdan boshlab O‘zbekiston havo yo‘llari milliy aviakompaniyasi uzoq tanaffusdan so‘ng Bokuga haftalik qatnovlarni tiklamoqda.  Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, parvozlar haftada bir marta – seshanba kunlari qishki jadval davomida quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

 

Toshkent – Boku

uchish 14:40 – yetib borish 16:35 (mahalliy vaqt bilan)

Boku – Toshkent  

uchish 17:35 – yetib borish 21:10 (mahalliy vaqt bilan).

 

Toshkent – Boku – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda | Zamon.uz