Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlovlar maʼlum qilindi
Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra bugun TIVning kengaytirilgan Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda vazirlik tarkibiy bo‘linmalariga yangi tayinlangan rahbarlar tanishtirildi.
Unga ko‘ra:
Ibragimov Baxtiyor Bahodirovich (ilgari O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Elchisi lavozimida ishlagan) – Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimiga tayinlandi;
Mirzaraximov Sarvar Xamitjanovich (ilgari Davlat protokoli boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan) –Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i v.B. lavozimiga tayinlandi;
Akramov Umid Shuhratovich (ilgari Tashqi ishlar vazirligi Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan) – Iqtisodiy taʼminot bo‘limi boshlig‘i v.B. lavozimiga tayinlandi.







