Arauxoga to‘rt yillik shartnoma taklif etildi
“Barselona” urugvaylik himoyachi Ronald Arauxoning shartnomasi ustida ishlamoqda.

Hozirda futbolchiga Angliya premyer-ligasining ikkita klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchi faoliyatini “Barselona”da davom ettirishni xohlamoqda. Kataloniyaliklar ham Arauxo bilan to‘rt yillik kelishuvga erishishni maqsad qilgan. Bu haqda jurnalist Nikolo Shira o‘zining twitter sahifasida maʼlum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Arauxo 2018 yilda Urugvayning “Boston River” klubidan “Barselona”ga o‘tgan edi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.
Maʼlumot o‘rnida: “Barselona” Ispaniya chempionatining 25 uchrashuvida 45 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq, “Barselona” Dembele bilan shartnomani uzaytirmasligi va kataloniyaliklar safida norozichilik boshlangani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







