Xabarlarga koʻra, Katalon klubi va hujumchining yangi shartnoma boʻyicha muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Fransiyalik futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar moʻljallangan. Qayd etilishicha, Dembele qishki transfer oynasida boshqa klublar bilan muzokara boshlashi, yozda esa Katalon klubini tekinga tark etishi mumkin.
Avvalroq, Dembeleni “Nyukasl” klubining taklifi qiziqtirmagani va “PSJ” Messining millionlab futbolkalarini sotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


