Yaponiyalik olimlar Andijon muzeyiga tashrif buyurdi
Shuningdek, tomonlar hamkorlik uchun do‘stlik memorandumini imzolashga kelishib oldi.

Andijon muzeyida Yaponiyaning Kanadzava universiteti Qadimiy sivilizatsiyalar va madaniy resurslari markazi hamda Tokio universitetining arxeolog olimlari Shogo Kume va Saiji Arai, O‘zFA Arxeologik tadqiqotlar instituti arxeologi Hikmatullo Hoshimov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Tadqiqotchilar 2018-yilda Andijon viloyatida olib borayotgan tadqiqotlari doirasida Andijon muzeyiga tashrif buyurib, muzey maʼmuriyati bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib borish yuzasidan bir qancha loyihalar ustida suhbatlashgan edi.
Bu yilgi tashrifda tadqiqotchilar Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi va Samarqand Arxeologiya instituti hamkorligida olib borilgan tadqiqot natijalariga katta qiziqish bildirib, tadqiqotlarda topilgan artefaktlar bilan tanishdi.
Suhbat davomida Andijon muzeyida yaponiyaliklarning ilg‘or tajribalaridan foydalangan holda zamon talablariga javob beruvchi fond laboratoriyasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.







