Jamiyat

O‘zbekistonda 2022 yil yanvar oyida ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hisoboti eʼlon qilindi

Unga ko‘ra, bozor xizmatlarining nominal hajmi 4 631,4 milliard so‘mga oshgan.

O‘zbekistonda 2022 yil yanvar oyida ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hisoboti eʼlon qilindi

 

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilning  yanvar oyida respublikada 23 689,8 milliard so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish surʼati 116,9 % ni tashkil etgan.  

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:  

 

 ▪️aloqa va axborotlashtirish – 1 521,9  mlrd  

▪️moliyaviy – 5 736,6 mlrd  

▪️transport – 5 063,3 mlrd  

▪️shu jumladan: avtotransport – 2 748,0 mlrd  

▪️yashash va ovqatlanish – 656,2 mlrd  

▪️savdo – 5 997,8 mlrd  

▪️ko‘chmas mulk bilan bog‘liq – 677,2 mlrd  

▪️taʼlim sohasi – 915,9 mlrd  

▪️sog‘liqni saqlash sohasi – 415,3 mlrd  

▪️ijara – 424,5 mlrd  

▪️kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash – 392,0 mlrd  

▪️shaxsiy – 608,1 mlrd  

▪️meʼmorchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi – 432,6 mlrd;  

▪️boshqalar – 848,4 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. 

O‘zbekistonda 2022 yil yanvar oyida ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hisoboti eʼlon qilindi | Zamon.uz