Jahon

Turkiya nima uchun Rossiyaga sanksiya qo‘llay olmaydi?

Erdo‘g‘an vakili javob beradi.

Turkiya nima uchun Rossiyaga sanksiya qo‘llay olmaydi?

 

Rasmiy Anqara Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etmoqchi emas.

Bu haqda Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rasmiy vakili Ibrohim Kalin maʼlum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Moskva bilan muloqot kanali saqlanib qolishi uchun muhim.

 

“Biz o‘z davlatimiz manfaatlari yuzasidan harakatlanishimiz kerak. Rossiya bilan muzokara olib bora oladigan tomon bo‘lish kerak. Barcha aloqalar uzilganda kim Moskva bilan gaplashadi? Biz bu kanal saqlanib qolishi uchun ham sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmayapmiz”, – degan u CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida.

 

Shuningdek, u Anqaraga zarar yetkazadigan choralar ko‘rilmasligini taʼkidlagan. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning "Rossiya bilan turizm, tabiiy gaz yetkazib berish, qishloq xo‘jaligi sohalarida qalin savdo aloqalari bor”.

Maʼlumot o‘rnida: 24 fevral kuni Rossiya Ukraina sharqida maxsus operatsiya boshlashini eʼlon qildi. Hozirda mamlakatning turli nuqtalarida janglar ketmoqda. G‘arb bunga javoban Moskvaga sanksiyalar joriy etdi. Qora ro‘yxatda Putin, RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va boshqa ko‘plab oliy martabali amaldorlar ham bor.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Bayden bilan telefonda muloqot qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Turkiya nima uchun Rossiyaga sanksiya qo‘llay olmaydi? | Zamon.uz