Jamiyat

O‘zbekistonda yana chang-bo‘ronlari kuzatiladi

Bu haqda "O‘zgidromet" ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda yana chang-bo‘ronlari kuzatiladi

 

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, joriy yilning 4-6 mart kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

 

4-5 martda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

5-6 martda respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), baʼzi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda yana chang-bo‘ronlari kuzatiladi | Zamon.uz