Jamiyat

“Uzbekistan Airways” Rossiya shaharlariga parvozlar jadvalini o‘zgartirdi

3-martidan 26-martigacha O‘zbekiston — Sochi — O‘zbekiston yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar joriy etildi.

“Uzbekistan Airways” Rossiya shaharlariga parvozlar jadvalini o‘zgartirdi

 

Rossiya tomonidan havo hududi bir qismi yopilishi bilan bog‘liq cheklov choralarini hisobga olgan holda, "Uzbekistan Airways" joriy yil 3-martidan 26-martigacha O‘zbekiston — Sochi — O‘zbekiston yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar joriy etilganini maʼlum qildi.

 

Qo‘shimcha reyslar kiritilganidan kelib chiqib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovi to‘xtatilgan:

 

HY3687/3688 va HY9687/9688 Toshkent — Krasnodar — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha;

HY9647/9648 Toshkent — Rostov-Don — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha;

HY9825/9826 Namangan — Krasnodar — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar.

 

Yo‘lovchilar ayeroportlarga belgilangan vaqtdan oldinroq kelishi kerak. Shuningdek, Krasnodar va Rostov-Don shaharlariga -  shaharlaridan avval bekor bo‘lgan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalari to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki 2022-yil 3-martdan boshlab har qanday bo‘sh sanaga bepul qayta bronlash huquqi mavjud.

“Uzbekistan Airways” Rossiya shaharlariga parvozlar jadvalini o‘zgartirdi | Zamon.uz