Sport

APL Rossiya telekanallari bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishi mumkin

Premyer-liga Rossiyada jonli translyatsiyasini to‘xtatadi.

APL Rossiya telekanallari bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishi mumkin

 

Angliya Premyer-ligasi Rossiya telekanallari bilan tuzilgan shartnomani muzlatish yoki bekor qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Saymon Stoun o‘z Twitter sahifasida maʼlum qildi.

 

"Shubhasiz, bu masala o‘rganilmoqda. Biz shartnomani to‘xtatib turish yoki bekor qilish masalasini juda ehtiyotkorlik bilan ko‘rib chiqamiz. Biz buni hozir qilyapmiz", — degan APL rahbari Richard Masters.

 

Avvalroq “Adidas” brendi Rossiya terma jamoasi bilan, “Shalke 04” esa “Gasprom” bilan shartnomani bekor qilgani haqida xabar berilgandi.

APL Rossiya telekanallari bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishi mumkin | Zamon.uz