Bugun havo harorati +23 daraja issiqgacha ko‘tariladi
Ayrim hududlarda shamol tezligi 30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Bugun, 4 mart kunduz kuni O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Mamlakat bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, deya qayd etmoqda “O‘zgidromet”.
Taʼkidlanishicha, faqat Qoraqalpog‘istonda kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, chang to‘zon kuzatilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida shamolning kuchayishi 25-30 m/s gacha yetishi mumkin. Havo harorati 18-23° iliqgacha ko‘tariladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 21-23° iliq bo‘ladi.
Shuningek, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 10-15° iliq o‘ladi.







