Katovitse aeroportidan yana uchta qo‘shimcha parvoz kutilmoqda.
Barcha qaytarish reyslari bepul amalga oshirilmoqda.

2022-yilning 3-4-mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse ayeroporti orqali 720 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. 4-mart holatiga ko‘ra, umumiy hisobda 11 ta aviareys bilan 2 579 nafar vatandoshimiz qaytarildi.
Ular Toshkent vaqti bilan soat 14:30 va 16:00 da hamda 5-mart soat 03:00 da qaytishadi.
Polsha hududida mamlakatimizning 1 480 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 700 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, 780 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.
Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston o‘z fuqarolarini jangovar harakatlar zonasidan olib chiqish bo‘yicha tezkor ishlarni yo‘lga qo‘ygan sanoqli davlatlar safiga kirdi.
Polshadagi O‘zbekiston Elchixonasining maʼlumotlariga ko‘ra, Katovitse aeroporti bugungi kunda odamlar bilan to‘lgan. Diplomatlarimizning saʼy-harakatlari natijasida O‘zbekiston fuqarolari sharoitlar yaratilgan. Shu jumladan ular issiq ovqat bilan taʼminlangan.
Shahar maʼmuriyati tomonidan ayeroport binosiga kirish va yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish uchun soddalashtirilgan tizimni ishga tushirilgan. Jamoat tartibi politsiya va mahalliy ko‘ngillilar tomonidan nazorat qilinmoqda. Bolali ayollar va keksalar uchun maxsus koridor tashkil etilgan. Barcha fuqarolarga oldindan tayyorlangan ro‘yxatlar asosida xizmat ko‘rsatilmoqda.







