Jahon

Jonson Ukraina AESlaridan xavotirda

U yangi yadro halokatidan ogohlantirdi.

Jonson Ukraina AESlaridan xavotirda

 

Ukraina hududida joylashgan AESlar xavfsizligini taʼminlanishi shart. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson maʼlum qildi.

 

"Fikrimcha, ushbu elektr stansiyalarini himoya qilish uchun qandaydir himoya tizimi bo‘lishi o‘ta muhim. Bu tizim xalqaro tuzilmalar, xususan, BMT va Xalqaro Atom energetikasi agentligining radiatsiya darajasini kuzatib borishi uchun yordam bergan bo‘lardi", — degan siyosatchi.

 

U Chernobil AES fojiasi qaytarilishidan xavotirda ekanini qayd etgan. Jonson Ukraina hududida boshqa AESlar va yadro chiqindilari ko‘milgan joylar borligini eslatdi.

 

"Kremlga Ukrainadagi fuqarolik obyektlarida yadro halokati yuz berishi Rossiya va boshqalar uchun ham xavli ekanini uqtirish kerak", — deb taʼkidlagan bosh vazir.

 

Maʼlumot o‘rnida: 4 mart kuni Zaporojye AESida yong‘in kelib chiqdi. Moskva va Kiyev hodisada bir-birini ayblagan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazmasligi maʼlum qilingandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

custom img

Tokioda 34 kunlik rekord: yomg‘irsiz kun bo‘lmadi

Tokio markazida 27-avgustdan 29-sentabrgacha har kuni yog‘ingarchilik qayd etilgan.

custom img

Fransiyada o‘quvchilar namoyishi: 164 kishi hibsga olindi

28-sentyabr kuni mamlakat bo‘ylab norozilik aksiyalari qariyb 180 ta maktabni qamrab olgan.

custom img

Londonda jazirama oqibatlari: uylar darz ketib, cho‘ka boshladi

Mutaxassislar buni quruq ob-havo tufayli loyli tuproqning qisqarishi bilan bog‘lamoqda.

custom img

Rossiya naqd rubl olib chiqishga cheklov qo‘ydi: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Jismoniy shaxslar uchun limit 1 mln rubl etib belgilandi, qoidani buzganlarda belgilangan limitdan ortiq summa olib qo‘yiladi.

custom img

4 davlat, yangi viza cheklovlari: AQSh kimlarga chora ko‘rdi?

AQSh Davlat departamenti yangi viza mexanizmi doimiy xususiyatga ega ekanini, yangi dalillar paydo bo‘lishi bilan qo‘shimcha cheklovlar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

Rossiya armiyasi yana kengaytiriladi: Putin yangi farmonni imzoladi

Qurolli Kuchlarning shtatdagi umumiy soni 2,44 million kishidan oshirildi.

custom img

“Men ularga hech narsa taklif qilganim yo‘q”: Tramp Eron sanksiyalarini yumshatish taklifini rad etdi

AQSH prezidenti muzlatilgan aktivlarni ochish taklifi berilgani haqidagi xabarlarni “yolg‘on” deb atadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"