"Uzbekistan Airways" Rossiyaning 2 ta shahriga qo‘shimcha reyslar tashkil qildi
Parvozlar 9-martdan 14-martgacha davom etadi.

Yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan "Uzbekistan Airways" AJ Toshkent – Moskva – Toshkent va Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar 9-martdan 14-martgacha, Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 2022 yilning 11, 13 va 14 mart kunlari amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, “Uzbekistan Airways Sales” filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin.







