Jamiyat

Hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi

U Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tuman hokimi yordamchisi bo‘lgan.

Hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi

 

Maʼlum qilinishicha, fuqaro A.M. tumandagi "Yangiobod" mahallasi hududida tadbirkorlikni amalga oshirish uchun hokimlik orqali yer maydoni olmoqchi bo‘lgan.

 

Hokim yordamchisi B.X. esa unga mahalla hududidan stadion va sport majmuasi qurish uchun “E-auksion” orqali tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 60 sotix yer maydonini tanishlari orqali olib berishini aytadi.

 

Bu ish evaziga fuqarodan 5 yarim million so‘m pul undirmoqchi bo‘lganda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi | Zamon.uz