Jamiyat

“Prava” savdosiga kirishgan o‘qituvchi qo‘lga tushdi

10 kunda haydovchilik guvohnomasi olib berayotgan avtomaktab o‘qituvchisi ushlandi.

“Prava” savdosiga kirishgan o‘qituvchi qo‘lga tushdi

 

Andijon shahrida 10 kun muddatda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab o‘qituvchisi ushlandi.

 

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Vatanparvar” tashkilotining Andijon avtomobil maktabi o‘qituvchisi Sh.S. fuqaro M.ga tanishlari orqali 10 kun muddatda “Ye” toifadagi haydovchilik guvohnomasini o‘quv darslariga qatnashmasdan olib berishni vaʼda qilib,  evaziga 3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Prava” savdosiga kirishgan o‘qituvchi qo‘lga tushdi | Zamon.uz