O‘zbekiston BAA dagi "TESOL Arabia" xalqaro konferensiyada ishtirok etadi
Prezident taʼlim muassasalari agentligi delegatsiyasi ishtirki kutilayotgan konferensiya 11-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bugun konferensiya va ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib, unda dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan mutaxassislar, taʼlim sohasidagi nufuzli tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Konferensiyada Prezident taʼlim muassasalari agentligi delegatsiyasi nomidan Agentlikning Seleksiya va pedagoglar malakasini oshirish bo‘limi boshlig‘i Nargiza Qo‘chkarova "O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishidagi yangi paradigma" mavzusida nutq so‘zladi.
Unda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi o‘qituvchilar malakasini oshirish va kasbiy rivojlantirish imkoniyatlari haqida yig‘ilganlarga taqdimot qilindi.
Shuningdek, Nargiza Qo‘chkarova o‘z nutqida:
— Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari va tashkilotlar,
— pedagoglar malakasini oshirish borasida Agentlik tizimida amalga oshirilgan ishlar, bundagi o‘ziga xos yondashuv
— Agentlik qoshida tashkil etilayotgan noyob malaka oshirish tizimi — PDQ (Professional Development Qualification) dasturi,
— Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan tashkil etilgan "Zamonaviy trener" haftaligi haqida maʼlumot berdi.







