O‘zbekiston bir oyda qancha qog‘oz import qilgani maʼlum bo‘ldi
Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekistonga import hajmi 2 milliard dollardan oshgan.

2022 yilning birinchi oyida O‘zbekiston 39 ta davlatdan 26,5 million dollarlik 20,9 ming tonna qog‘oz va karton import qildi.
Unga ko‘ra, qog‘oz va karton importi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 ming tonnaga oshgan.
Qog‘oz va karton importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,4 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar oyida O‘zbekiston eng ko‘p qog‘oz va karton import qilgan davlatlar:
➖ Rossiya – 11 ming tonna
➖ Xitoy – 2,7 ming tonna
➖ Finlyandiya – 1,9 ming tonna
➖ Belarus – 1,5 ming tonna
➖ Germaniya – 1,2 ming tonna
➖ Ukraina – 1,1 ming tonna
➖ Shvetsiya – 391 tonna
➖ Polsha – 321,3 tonna
➖ Turkiya – 230 tonna







