Ukrainadan O‘zbekistonga evakuatsiya ishlari davom etmoqda
O‘zbeklar Polsha chegarasi orqali olib o‘tilmoqda — Tashqi ishlar vazirligi.

11 mart kuni Ukrainadan Polsha orqali yana 254 vatandosh O‘zbekistonga qaytarildi — TIV rasmiy vakili
2022 yil 11 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 254 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 69 nafar ayol, 37 nafar voyaga yetgaman shaxs va 14 nafar chaqaloq olib kelindi.
28 fevraldan 11 martga qadar 25 ta aviareys tashkillashtirildi hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 5 634 nafar vatandoshimiz qaytarildi.







