Jamiyat

"UzAuto Motors"da oldindan to‘lov miqdori 85% dan 50 % ga tushirildi

Kompaniya bahoriy aksiyalar paketini eʼlon qildi.

"UzAuto Motors"da oldindan to‘lov miqdori 85% dan 50 % ga tushirildi

 

Yangi avtomobillar uchun shartnoma tuzish boshlanganligi haqidagi xabar O‘zbekiston fuqarolari tomonidan katta ishtiyoq bilan qabul qilindi. Kompaniya rasmiy xabari eʼlon qilingandan so‘ng, bir necha soat ichida 13 203 ta avtomobilga shartnoma tuzildi.

 

 

Chevrolet Lasetti avtomobili uchun 6.300 ta va Chevrolet Sobalt modeli uchun 4 700 ta shartnoma tuzilgan. Ushbu avtomobil modellari xaridorlar orasida eng ommabop modellar bo‘ldi. Kontraktatsiyaning ochilishi hamda yangi avtomobillarga sotuvning boshlanishiga bo‘lgan yuqori talab va qiziqish sababli, dilerlik korxonalar oxirgi mijozga qadar ishlashga qaror qilishdi.

 

Eʼtiborlisi, “Chevrolet Traverse” va “Tahoe” avtomobillarini xarid qilish uchun arizalar qabul qilish boshlanganidan so‘ng, dastlabki 20 daqiqada kompaniyaga 200 dan ortiq buyurtmalar kelib tushgan. Ushbu avtomobillarga ariza qabul qilishning ilk kuni natijalariga ko‘ra, 320 dan ortiq buyurtmalar olingan.

Maʼlumot uchun:  3 mart kunidan boshlab “UzAuto Motors” avtomobillari uchun shartnoma tuzish boshlangan edi.

"UzAuto Motors"da oldindan to‘lov miqdori 85% dan 50 % ga tushirildi | Zamon.uz