Madaniyat vaziri boshlagan “chellenj”ni tashqi savdo vaziri davom ettiryaptimi?
S.Umurzoqov Surxondaryoda jurnalist va blogerlar bilan uchrashdi.

Termiz shahrida Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov mahalliy jurnalist va blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tadbirkorlar va eksportchilar o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammolar, hududda biznes sharoitlarini yaxshilash masalalari, sanoat salohiyatini rivojlantirish va aholi bandligini oshirish chora-tadbirlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Jurnalist va blogerlar investitsiyaviy muhitni yaxshilash, tadbirkorlar va mahalliy aholining dolzarb muammolarini zudlik bilan aniqlash jarayonlariga jalb qilishni kuchaytirish, shuningdek, mutasaddi vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin hamkorlik mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar bildirishdi.







