Maktablarda bahorgi taʼtil muddati maʼlum bo‘ldi
IV chorak darslari Navro‘z Umumxalq bayramidan 1 hafta o‘tib boshlanadi.

Maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 19 martga to‘g‘ri keladi va IV chorak 28 mart kunidan boshlanadi
Respublikamiz umumtaʼlim maktab o‘quvchilari uchun III chorakning so‘nggi kuni 19 martga to‘g‘ri keldi. Yaʼni, shu kuni dars mashg‘ulotlari to‘liq olib boriladi. bahorgi taʼtil 21 martdan boshlanadi va 7 kalendar kun davom etadi.
IV chorak darslari esa 28 mart kunidan boshlanadi.
Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, maktablarda bahorgi taʼtil — 21 martdan boshlab, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.







