Toshkentda qarzdor ota farzandlari uchun 352 mln aliment to’ladi
Poytaxtda MIB tomonidan “Aliment undiruvi oyligi” o‘tkazilmoqda.

“Aliment undiruv oyligi” doirasida olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida otalarning aliment masasilaga bo‘lgan mas’uliyati yanada oshirilmoqda, deb xabar berilmoqda MIB rasmiy telegram sahifasida.
Ma’lum qilinishicha, MIB Olmazor tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor otadan ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment undirish ko‘rsatilgan.
Ijro harakatlari davomida undiruvchi foydasiga farzandlarining 18 yoshgacha bo‘lgan aliment summasi hisoblanib, jami 352 mln so‘m to‘liq to‘latib berilgan.








