Jamiyat

Kam taʼminlangan keksalarning jarrohlik amaliyoti xarajatlari qoplab beriladi

Mazkur imtiyoz 1 apreldan amalga oshiriladi.

Kam taʼminlangan keksalarning jarrohlik amaliyoti xarajatlari qoplab beriladi

 

Davlat rahbarining “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori eʼlon qilindi. Unda keksalarimiz salomatligini taʼminlashga doir qator imtiyozlar ham belgilangan.

 

Xususan, 2022 yil 1 apreldan boshlab:

 

o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi;

sharoiti og‘ir va kam taʼminlangan keksalarga shifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;

og‘ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo‘lgan keksalarga shifokorlarning retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha bo‘lgan summasi kompensatsiya qilinadi.

 

Bunda, dori vositalarining ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishiladi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining qarori qabul qilingan kundagi dori vositalarining tegishli summasi kompensatsiya qilinadi.

Kam taʼminlangan keksalarning jarrohlik amaliyoti xarajatlari qoplab beriladi | Zamon.uz