Jamiyat

O‘zbekistonda pensiya yoshiga yetgan xodimlar ishdan bo‘shatilmaydi

Mazkur taqiq bo‘yicha qonun loyihasi uchun Ikki oy muddat belgilangan.

O‘zbekistonda pensiya yoshiga yetgan xodimlar ishdan bo‘shatilmaydi

 

Tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga topshirildi.

 

"Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" prezident qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, xodimning pensiya yoshiga to‘lgani munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish tartibini taqiqlash to‘g‘risidagi taklifga rozilik berildi.

O‘zbekistonda pensiya yoshiga yetgan xodimlar ishdan bo‘shatilmaydi | Zamon.uz