Jamiyat

Notariuslarga to‘lanadigan to‘lov miqdori oshirildi

Meros ishi bo‘yicha tushuntirish ishlari uchun ish haqi ikki baravar ko‘paydi.

Notariuslarga to‘lanadigan to‘lov miqdori oshirildi

 

Adliya vaziri tomonidan "Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida"gi buyruq imzolandi.

 

Hujjat prezidentning "Adliya vazirligi faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq qabul qilindi.

 

Garov (ipoteka) va lizing shartnomalarini tasdiqlash uchun haq miqdori barcha shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizigacha kamaytirildi. Ilgari, jismoniy shaxslar uchun 20% va agar bitta tomon yuridik shaxs bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdorining 50%ini tashkil qilgan.

 

Meros ishi bo‘yicha tushuntirishlar berish uchun to‘lanadigan haq miqdori ikki baravar ko‘paydi va endi bazaviy hisoblash miqdorining 20%ini tashkil qiladi.

Notarial tasdiqlanadigan hujjatlar loyihalarini tayyorlash tartibiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

 

— garov (ipoteka) va lizing shartnomalari loyihalarini tayyorlash uchun to‘lanadigan haq miqdori. Jismoniy shaxslar uchun (hamda bitta taraf jismoniy shaxs bo‘lsa) bu miqdor bazaviy hisoblash miqdorining 15%ini tashkil etadi. Ilgari, bu haq ikki baravar ko‘proq edi va 30%ni tashkil qilar edi. Agar shartnomaning ikki tarafi yuridik shaxslar bo‘lsa, haq miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100%ini tashkil qiladi, oldingi tahririda bu miqdor tomonlardan biri yuridik shaxs bo‘lgan taqdirda qo‘llanilgan;

 

— barcha shaxslar (yuridik va jismoniy) uchun mulkni ijaraga berish shartnomalarini tayyorlash uchun haq miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20%ini tashkil qiladi. Ilgari, bu miqdor shartnoma taraflari kimligiga qarab farqlanardi. Jismoniy shaxslar uchun — 20%, tomonlardan biri yuridik shaxs bo‘lsa — 50%;

 

— merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma loyihasini tayyorlash uchun endi bazaviy hisoblash miqdorining 100%i undiriladi. Ilgari, bu miqdor 20%ni tashkil qilgan.

 

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi tekshirish yoki bu haqda maʼlumotnoma berish (har bitta mulk uchun) bazaviy hisoblash miqdorining 15%i undiriladi. Ilgari, agar shartnomaning tarafidan biri yuridik shaxs bo‘lsa, bu miqdor 25%ni tashkil qilgan.

Notariuslarga to‘lanadigan to‘lov miqdori oshirildi | Zamon.uz