Toshkent avtobuslarining ish vaqti uzaytiriladi
Faqat bayram kunlari jamoat transporti 1 soat ko‘p harakatlanadi.

Navro‘z bayrami nishonlanishi munosabati bilan, 2022-yil 21, 22, 23-mart kunlari jamoat transportini jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.
2022-yil 21-mart dushanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida;
— Yo‘nalishlardagi ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytiriladi;
— 2022-yil 22-mart seshanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
— 2022-yil 23-mart chorshanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatni davom ettirishi belgilab qo‘yildi.







