O‘zbekiston Qozog‘istondan bug‘doy sotib oldi
Uning narxi 113 million dollarni tashkil qilmoqda.

Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi bo‘yicha bug‘doy yetakchilik qilmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonga 2022-yil yanvar-fevral oylarida Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmini eʼlon qildi.
Ushbu ko‘rsatkich quyidagicha ko‘rinish oldi:
— bug‘doy — 436 ming tonna (113,1 million dollar);
— bug‘doy uni — 51,3 ming tonna (15,9 million dollar);
— o‘simlik yog‘i — 12,3 ming tonna (14,6 million);
— margarin mahsulotlari 8,6 ming tonna (11 million);
— qoramol go‘shti — 1,2 ming tonna (5,6 million dollar);
— arpa — 19,9 ming tonna (4,3 million);
— makkajo‘xori — 12,8 ming tonna (3,4 million);
— kartoshka — 12,6 ming tonna (2,4 million).
Maʼlumot uchun: Rossiya shakar va don eksportini vaqtincha taqiqlaganligi haqida xabar bergandi.







