Jahon

Turkmaniston hukumati iste’foga chiqdi

Sardor Berdimuhammedov inauguratsiyasida yana qanday masalalar ko‘tarildi?

Turkmaniston hukumati iste’foga chiqdi

 


Sardor Berdimuhammedov Tukmanistonning neytral tashqi siyosiy kursini saqlab qolishini ma’lum qildi. Bu haqda u inaugurasiya marosimida aytgan. 

 

“Biz dunyodagi barcha davlat va xalqlarga ochiqmiz hamda ular bilan savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ilmiy aloqalarni rivojlantirishni maqsad qilganmiz”, degan u. 

 

Shuningdek, Turkmaniston prezidenti o‘z faoliyatidagi eng muhim yo‘nalishlardan birini ma’lum qilgan. Berdimuhammedov Turkmanistonning neft-gaz sektorini rivojlantirmoqchi va uning xalqaro energetika tizimiga integrasiya qilmoqchi. Bundan tashqari, logistika salohiyatini yuksaltirish zarurligi ta’kidlandi. Berdimuhammedovning fikricha, Turkmaniston “Buyuk ipak yo‘linining yuragi sifatida geografik va boshqa ustunliklar evaziga” mintaqaviy va qit’aning yirik savdo marshrutlari birlashgan nuqtaga aylanishi mumkin. 

 

Bundan tashqari, Berdimuhammedov hukumatni iste’foga chiqardi. Shu bilan birga, vazirlar yangi hukumat shakllangunga qadar o‘z vazifasini bajarishda davom etadi. 


Avvalroq Sardor Berdimuhammedov rasman Turkmaniston prezidenti lavozimiga kirishgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"