Volga bo‘yi hududidan O‘zbekistonga nam va sovuq havo kirib keladi
“O‘zgidromet” maʼlumotiga ko‘ra 23 mart kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, baʼzi joylarga tuman tushib harorat kechasi -5 darajada sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir, baʼzi joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, 2-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarga yomg‘ir yog‘ib tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ib qorga aylanishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 darajadan kunduzi 5-10 darajagacha iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilib, tuman tushishi baʼzi joylarda qor ko‘chish xavfi bor. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.







