Yevropada COVID–19 bilan kasallanish holatlari ko‘paymoqda
JSST holatni karantin cheklovlarining bekor qilinishi bilan izohladi.

Gʻarb OAVning xabar qilishicha, Yevropaning ayrim mamlakatlarida karantin cheklovlarining bekor qilinishi ortidan COVID–19 bilan kasallanish holatlari ko‘paygan.
“Ba’zi Yevropa davlatlari, jumladan, Germaniya, Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniya davlatlari koronavirusga qarshi cheklovlarni juda keskin olib tashladi va kasallik soni ko‘paymoqda”, deya ma’lumot bergan JSST vakili Hans Kluge.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning 18 ta mamlakatida kasallanish holatlarining o‘sishi kuzatilmoqda.
Avvalroq emlanishdan bosh tortgan chexiyalik xonanda Xana Xorkaning vafot etgani haqida xabar berilgandi.







