Jahon

Oq uy matbuot kotibida COVID -19 aniqlandi

Endi u Baydenga Yevropa safarida hamrohlik qilolmaydi.

Oq uy matbuot kotibida COVID -19 aniqlandi

 

Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining Yevropaga safari oldidan koronavirus uchun topshirgan test ijobiy chiqdi. 

 

"Bugun Yevropaga safarga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida ertalab sinovdan o‘tdim va ijobiy natija oldim ", - dedi Psaki bayonotida.

 

Uning taʼkidlashicha, endi u AQSH prezidenti Jo Baydenga Yevropa safarida hamrohlik qila olmaydi.

 

Biroq, Psakining aytishicha, Baydenning COVID-19 testi salbiy natija bergan. Uning taʼkidlashicha, Psaki bir kun oldin prezident bilan uchrashuvlarda ijtimoiy masofani saqlagan.

 

Oq uy matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, vaksina olgani tufayli unda kasallik yengil alomatlar bilan o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH prezidenti Bayden shu haftada Bryussel va Varshavaga tashrif buyurishi xabar qilingandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"