Salomatlik

Tunda chiroqni yoqib uxlash xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi

Olimlar shunday xulosaga keldi.

Tunda chiroqni yoqib uxlash xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi

 

Bundan 23 yil avval AQSH olimlari yorug‘ joyda uxlash ko‘rish qobiliyati pasayishiga sabab bo‘lishini aniqlagan. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijasida esa bunga doir yana-da xavotirli oqibatlar maʼlum bo‘ldi.

 

Qo‘shma Shtatlarning Shimoli-g‘arbiy universiteti qoshidagi tibbiyot maktabi olimlari maxsus o‘rganishlar natijasida har qanday yorug‘lik muhitida uxlash metabolik sindrom, yaʼni qandli diabet, yurak kasalliklari va erta o‘lim xavfini oshiradi, degan xulosaga keldilar.

 

Jarayon ishtirokchilari yorug‘, o‘rtacha yorug‘ va nimqorong‘u xonalarga joylashtirildi. Ular ana shunday sharoitda tungi uyquga ketdilar. Tadqiqotchilar esa organizmdagi o‘zgarishlarni kuzatib borishdi.

Tong otgach, yorug‘ xonada uxlaganlar qon tarkibi tekshirilganida, ularda glyukoza miqdori oshib, organizmda meʼyoridan ortiq insulin ishlab chiqarilgani maʼlum bo‘ldi.

Mutaxassislar fikricha, agar bunday harakat davomli tus olsa, odamda bora-bora qandli diabet xastaligi rivojlanishi, ortiqcha vazn paydo bo‘lishi mumkin.

O‘rtacha yorug‘lik taʼsirida esa yurak urishi tezlashishi, yurak qisqarishi va qon aylanish meʼyori buzilishi kabi holatlar qayd etildi.

 

Xo‘sh, tungi uyqu uchun eng maqbul muhit qanday bo‘lishi kerak?

 

Olimlarning taʼkidlashicha, tunda, albatta, chiroqlarni o‘chirib uxlash lozim. Agar bunga ko‘nikish imkonsiz bo‘lsa, tunchiroqni polga yaqinroq joylashtirish tavsiya etiladi.

 

Qolaversa, ushbu jarayonda ranglarning ham ahamiyati katta. Qizg‘ish va to‘q sariq chiroqlar miyaga u qadar bosim o‘tkazmaydi. Oq yoki ko‘k rangli yoritkichlardan foydalanmaslik zarur. Elektron qurilmalar ekranlaridan taralayotgan yog‘du ham uyqu mahali salomatlikka ziyon yetkazadi.

 

Xona ichiga ko‘cha yoritkichlari nuri tushmasligiga ham eʼtibor qaratish darkor. Bunday sharoitda qora pardalar yoki maxsus ko‘z niqoblarini qo‘llash foyda beradi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.