Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi
Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekiston Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi sentabr oyida 4 401 nafar vatandoshimizning O‘zbekistonga qaytishiga ko‘maklashdi.
Shuningdek, xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarga huquqiy, moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bir oy davomida:
-
983 nafar fuqaroga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi;
-
5 715 ta holatda huquqiy maslahat va yordam berildi;
-
409 ta holatda vaqtincha yashash va ishlash joyi xarajatlari qoplandi;
-
171 ta holatda advokatlik va boshqa tashkilotlar xizmatlari uchun to‘lov amalga oshirildi;
-
19 ta holatda tibbiy xarajatlar qoplandi;
-
329 nafar vatandoshga ijtimoiy yordam, jumladan, ishga joylashishda ko‘mak berildi.
Qayd etilishicha, ushbu yordamlar xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda qiyin vaziyatlarda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.








