Xillari Klintonda koronavirus aniqlandi
Бундан аввал Байденнинг матбуот котибида ҳам COVID-19 аниқланганди.

Xillari Klinton koronavirusga chalindi. Bu haqda siyosatchining o‘zi Twitter‘da maʼlum qilgan.
“Koronavirusga topshirgan testim natijasi ijobiy chiqdi. Menda yengil shamollash alomatlari bor, ammo o‘zimni yaxshi his qilyapman”, – deb yozgan AQSH sobiq davlat kotibi.
Shuningdek, u turmush o‘rtog‘i, AQSHning 1993-2001 yillardagi prezidenti Bill Klinton ham test topshirganini, lekin unda kasallik aniqlanmaganini aytgan. Ammo sobiq prezident vaqtinchalik izolyatsiyaga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki ham koronavirusga chalingani to‘g‘risida xabar qilingandi.







