Jamiyat

Qashqadaryoda raqsga tushayotgan o‘quvchi qiz behosdan xushidan ketib, vafot etdi

Hodisa Navro‘z tantanasida sodir bo‘lgan.

Qashqadaryoda raqsga tushayotgan o‘quvchi qiz behosdan xushidan ketib, vafot etdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanidagi 33-maktabda 2005-yilda tug‘ilgan o‘quvchi qiz Navro‘z bayrami tadbirida raqs tushayotgan vaqtida xushidan ketib, vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. 

 

Xalq taʼlimi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova mazkur holat bo‘yicha dastlabki maʼlumotlarni ochiqladi.

 

Unga ko‘ra, qiz yoshligidan tutqanoq (epilepsiya) kasalligi bilan kasallanib kelgan. O‘quvchini hushidan ketish holati kuzatilgan vaqtida maktab maʼmuriyati tomonidan Shoshilinch tez tibbiy yordamga murojaat qilingan. Biroq shunga qaramay u vafot etgan.

 

Qayd etilishicha, hozirda viloyat IIB va SSB masʼullari tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

Qashqadaryoda raqsga tushayotgan o‘quvchi qiz behosdan xushidan ketib, vafot etdi | Zamon.uz