Hokim yordamchilariga qo‘shimcha vakolat berilmoqda
Ular tomonidan bo‘sh turgan davlat obyekti yoki yerlar aniqlanadi.

Prezidentning “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yana-da qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan 2022-yil 1-apreldan hokim yordamchilariga qo‘shimcha vakolatlar berilmoqda.
Jumladan:
– 2 000 kvadrat metrgacha obyektlar – hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksionga chiqariladi;
– qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar;
– “Elektron” tizimi orqali yuborilgan onlayn-buyurtmanoma 3 kunda tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqiladi va ijobiy xulosa bo‘lganda, 2 haftada onlayn-auksionga chiqariladi.
Shuningdek, mazkur hujjatga muvofiq, vazirlik va idoralar, hokimliklarning, 3 oydan ko‘p foydalanilmasdan bo‘sh turgan obyektlar ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarilishi belgilandi.







