0

Ochlar isyoni sodir bo‘lishi xavfi bor — JST

Shuningdek, Ukrainadagi urushning oziq-ovqat bozoriga taʼsiri ochiqlandi.

Ochlar isyoni sodir bo‘lishi xavfi bor — JST

 

Butun dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘sishi eng qashshoq davlatlarda ochlik bilan bog‘liq isyonlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala maʼlum qildi.

 

"Biz o‘ta ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak. Oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘sishi va ochlikning taʼsiri keyingi ikki yilda yana-da sezilishi mumkin. Ovqat va energiya butun dunyodagi kambag‘allar isteʼmol savatida eng ko‘p o‘rin egallaydi", — degan u.

 

Shuningdek, Okonjo-Iveala bu yil Ukrainada urug‘ ekish mavsumi bo‘lmasligidan xavotir bildirgan. Butunjahon oziq-ovqat dasturi zaxirasidagi bug‘doyning yarmini aynan Ukraina yetkazib beradi.

 

"Agar biz urush taʼsirini kamaytirishining chorasini ko‘rmasak, shu va keyingi yillarda yana bir halokatning guvohi bo‘lamiz", — deb taʼkidlagan Okonjo-Iveala.

 

U 2000 yillarning ikkinchi yarmida ayrim davlatlarda kuzatilgan ochlar isyoni qayta yuz berishidan ogohlantirgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "katta yettilik"ning oziq-ovqat tanqisligiga qarshi kurashishga kelishib olgani maʼlum qilingandi. 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Ochlar isyoni sodir bo‘lishi xavfi bor — JST